“Yuksalish” umummilliy harakatiga yangi rais saylandi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligida 27-iyul, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan “Yuksalish” umummilliy harakati ta’sischilari yig‘ilishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan Bobur Bekmurodov yangi rais etib saylandi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Yuksalish” umummilliy harakati

Bobur Bekmurodov Parlament quyi palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi hisoblanadi.

Bobur Bekmurodov 1985-yil 5-yanvarda  Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. U O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent moliya institutini tamomlagan. 2005—2006-yillarda AQShning O‘zbekistondagi “Partnership for Academic development” (“Akademik rivojlanish bo‘yicha hamkorlik”) dasturi tinglovchisi, 2018-yilda “The John Smith Trust” (Buyuk Britaniya) menejment dasturi tinglovchisi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, harakatning avvalgi raisi Akmal Burhonov 14-iyuldagi Prezident qarori bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlangan. Agentlik direktori maqomi bo‘yicha vazirga tenglashtirilgan.

Avvalroq Akmal Burhonovning deputatlik vakolati muddatidan avval tugatilgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар