Farg‘onada “Lacetti 2” avtomashinasi yonib ketdi

Farg‘ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchilik qismiga 26-iyul kuni Farg‘ona shahar Yuksalish ko‘chasi 5-A uyning oldida turgan fuqaro X.B.ga tegishli “Lacetti 2” rusumli avtomashinasida yong‘in chiqqanligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur xabarga asosan zarur kuch vositalar yordamida yong‘in darhol o‘chirilib, Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi va Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamkorligida hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda Farg‘ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda, shuningdek, yong‘in kelib chiqish sabablarini aniqlash yuzasidan zaruriy ekspertizalar tayinlangan. Tekshiruv yakuniga ko‘ra holatga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.

Avvalroq Farg‘onada “Nexia” va “Tico” avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etgani hamda “Labo” avtomashinasi haydovchisi velosipeddagi fuqaroni urib yuborgani haqda xabar berilgandi.

Янгиликлар