O‘zbekistonga oxirgi ikki haftada qancha tibbiy uskunalar olib kelingani ma’lum qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-iyul kuni hududlarda koronavirus bilan bog‘liq murakkab vaziyatni tartibga solish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, oxirgi ikki haftada qo‘shimcha ravishda 370 ta sun’iy nafas oldirish apparati, 1041 ta portativ nafas oldirish uskunasi, 1164 ta kislorod konsentratori va boshqa zarur tibbiy jihozlar olib kelinib, hududlarga tarqatildi.

Shuningdek, yig‘ilishda kasallar ko‘payishi mumkinligini hisobga olib, Respublika maxsus komissiyasiga joylarga yana qo‘shimcha uskunalar yetkazish bo‘yicha topshiriq berildi.

Avvalroq ushbu selektorda Shavkat Mirziyoyev hokimliklarga intensiv va reanimatsiya o‘rinlarini ko‘paytirish vazifasini qo‘ydi hamda oziq-ovqat va dori-darmonlarni manzilli yetkazib berish tizimi “soat”day aniq ishlashi kerakligini aytdi.

Янгиликлар