Shavkat Mirziyoyev hokimliklarga intensiv va reanimatsiya o‘rinlarini ko‘paytirish vazifasini qo‘ydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-iyul kuni hududlarda koronavirus bilan bog‘liq murakkab vaziyatni tartibga solish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda hokimliklarga koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalar tashkil etish, intensiv va reanimatsiya o‘rinlarini ko‘paytirish, ularni zarur tibbiy jihozlar va dori-darmon bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Toshkent shahridagi tajriba asosida COVID-19 va pnevmoniya bilan kasallanganlarga dastlabki malakali tibbiy yordam ko‘rsatadigan “maxsus poliklinikalar” tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasiga joylardagi epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish va kasallarni davolashga amaliy yordam beradigan guruhlar tuzib, har bir hududga yuborish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Avvalroq O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish strategiyasi ishlab chiqilishi ma’lum qilingan edi. Shuningdek, O‘zbekistonda “Insofli soliq to‘lovchi” tizimi shakllantirilishi xabar qilindi.

Янгиликлар