Samarqandda o‘tgan yarim yillikda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 6 milliard so‘mdan oshdi

Samarqand viloyatida 2020—2021-yil yanvar—iyun oyi o‘rtalarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 6 milliard so‘mdan oshdi. Bu haqida Samarqand viloyat statistika boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Samarqand viloyati statistika boshqarmasi

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 2020-yilning yanvar—iyun oylari davomida 6207,1 milliard so‘m bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga ko‘ra 99,8 foizni tashkil qilgan.

Avvalroq 2020-yil yanvar—iyun oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar, viloyatning tashqi savdo aylanmasi, hamda chakana va ulgurji tovar aylanmasi haqida ma’lum qilingandi.

Янгиликлар