Asaka tumani hokimi soya o‘simligining rivojlanishini ko‘zdan kechirdi
Andijon viloyati Asaka tumanidagi dalalarga ekilgan soyalar meva tuga boshlagan. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Asaka tumani hokimligi matbuot xizmati
Davlat rahbari 23-iyul kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida qishloq xo‘jaligi masalasiga alohida to‘xtalib, sohani yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha o‘zining aniq va puxta o‘ylangan takliflarini ilgari surgan edi.
Foto: Asaka tumani hokimligi matbuot xizmati
Shundan kelib chiqib, Asaka tumani hokimi Inomjon Mamadaliyev tomonidan tumandagi “Yangi hayot” massividagi “Asakalik Ravshanbek” fermer xo‘jaligi dalalarida ekilgan soya o‘simligining rivojlanishi ko‘zdan kechirildi. Jarayonda dalada ekilgan soyalar allaqachon gullab, meva tugishni boshlagani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
Foto: Asaka tumani hokimligi matbuot xizmati
Foto: Asaka tumani hokimligi matbuot xizmati
Avvalroq Oltinko‘l tumanidagi soyalar meva tuga boshlagani, Paxtaobod tumanida paxta ochila boshlagani haqda xabar berilgan edi. Bundan tashqari, Farg‘ona viloyati So‘x tumanida g‘alladan bo‘shagan yerlar yoshlar ixtiyoriga berilayotgani ma’lum qilingan.