Namanganda koronavirusga chalingan 20 nafar bemor sog‘aydi

Namangan viloyatida 28-iyul kuni 20 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Namangan shahri va Norin tumani hamda boshqa viloyatlarda yashovchi sog‘aygan bemorlarning 12 nafari erkak, 8 nafari ayol kishi.

Ayni paytga qadar Namangan viloyatida 689 ta holat qayd etilgan bo‘lib, 539 kishi koronavirusdan sog‘aygan, 5 nafar bemor vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, 28-iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilandi. O‘tgan bir sutkada 591 nafar bemor sog‘aygan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 28-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 21 893 nafarni tashkil etgan. Hozirga qadar 12 265 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog‘aygan. Ayni paytda mamlakat 9502 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Янгиликлар