O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilandi

O‘zbekistonda 28-iyul kuni koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 591 nafari sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha,

  • Toshkent shahrida 381 nafar;
  • Toshkent viloyatida 82 nafar;
  • Andijon viloyatida 41 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 23 nafar;
  • Namanganda 20 nafar;
  • Buxoro viloyatida 17 nafar;
  • Navoiy viloyatida 17 nafar bemor COVID-19’dan sog‘aygan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 12 265 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog‘aygan.

Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord 27-iyul, seshanba kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 569 nafar bemor tuzalgandi.

Avvalroq Toshkentda koronavirusga chalingan 40 yoshli homilador ayol hamda 73 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgani haqda xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 28-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 21 893 nafarni tashkil etgan. Hozirga qadar 12 265 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog‘aygan. Ayni paytda mamlakat 9502 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Янгиликлар