O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi hududlarida 31-iyuldan 2-avgustga qadar sel kelishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Xabar.uz”

Unga ko‘ra, 31-iyul—2-avgust kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda sel tufayli mamlakatda fojiali holatlar ro‘y berdi. May oyining boshida Jizzax viloyati Zomin tumanida opa-uka selda oqib ketib vafot etgan. Oradan bir necha kun o‘tgach, Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida 10 yoshli qizcha sel qurboniga aylangan.

Янгиликлар