Shuhrat G‘aniyev investitsiya qiymati 2 mln dollarga teng bo‘lgan qo‘shma korxonaga bordi

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Toshloq tumanida joylashgan Janubiy Koreya bilan hamkorlikdagi “Agroimpeks VALLEY” korxonasini borib ko‘rdi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, koreyalik investor muassisligida tashkil etilgan korxonada kuniga 30—60 tonna metal quvur va profillar ishlab chiqariladi. Ushbu qo‘shma korxonaga 2 million dollar investitsiya kiritilgan. Shu yil avgust oyida, mustaqillik bayrami arafasida korxonada ish boshlanadi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, korxona hozirda kuniga 3000 ta avtomashina uchun kabellar ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Avvalroq Farg‘onada “O‘zgidrotexnik” xodimlari uch oydan buyon maosh olmagani, ishchilarga va’da qilingan mukofot puli ham berilmagani xabar qilingan edi.

Shuningdek, Samarqandda Xitoy investitsiyasi ishtirokida 63 ta qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatayotganligi ma’lum qilindi.

Янгиликлар