Toshkent shahrida 7 soat ichida 190 kishida COVID-19 aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, 22 374 (+205) nafarni tashkil etmoqda.

Shulardan 190 nafari Toshkent shahrida qayd etildi.

Poytaxtdagi yangi kasallanganlarning

  • 94 nafari tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar;
  • 96 nafari esa “O‘rtasaroy” karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida aniqlangan.

Ayni paytga qadar Toshkent shahrida 195 nafar, Toshkent viloyatida 148 nafar, Andijon viloyatida 29 nafar, Namangan viloyatida 17 nafar hamda Farg‘ona viloyatda 14 nafar, jami 403 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, mamlakatda 12 668 (+403) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog‘aygan.

Hozirda 9577 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Янгиликлар