Toshkentda yuk mashinasi va avtobusning to‘qnashishi oqibatida avtobus ag‘darilib ketdi

Toshkent shahri Olmazor tumanida avtobus va “ZIL-131” yuk mashinasining to‘qnashishi oqibatida avtobus ag‘darilib ketdi. Bu haqida Toshkent shahar IIB xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 28-iyul kuni soat 11:00 da Toshkent halqa avtomobil yo‘lida 18-avtoparkka tegishli “Isuzu” rusumli avtobus haydovchisi 30 yoshli R.Sh. yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari uchun kutilmagan harakat sodir etgan. Yaqin atrofda harakatlanib borgan “ZIL-131” rusumli yuk avtomobili haydovchisi 28 yoshli M.B. favqulodda to‘xtash uchun barcha choralarni ko‘rishiga qaramasdan, avtobusning yon tomoniga to‘qnashishi oqibatida avtobus ag‘darilib ketgan.

Foto: Toshkent shahar IIB matbuot xizmati

Yo‘l transport hodisasi oqibatida hech kim jabrlanmagani ma‘lum qilindi.

Avvalroq Farg‘onada “Spark” va skuter to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri shifoxonaga yotqizilgan edi.

Shuningdek, Toshkentda daraxtga urilgan “Lacetti” yonib ketgani xabar qilingandi.

Янгиликлар