Alisher Usmonov O‘zbekistonga 100 mlrd so‘m xayriya mablag‘i ajratdi
Asli o‘zbekistonlik tadbirkor Alisher Usmonov O‘zbekistonga 100 milliard so‘m miqdorida xayriya mablag‘i ajratdi.
Ma’lum qilinishicha, tadbirkor Alisher Usmonov tomonidan 100 milliard so‘m miqdorida homiylik xayriya yordami ajratilgan. Ushbu mablag‘lar bugungi yordamlar doirasida tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
Avvalroq “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida umumiy qancha mablag‘ xayriya qilingani ma’lum bo‘lgan edi.
Milliarder Alisher Usmonov ham “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida Marhamat tumanidagi ehtiyojmand oilalarga 2,5 milliard so‘m ajratdi. Shundan so‘ng Usmonov Namangan viloyatidagi ehtiyojmand oilalarga ham 12,5 milliard so‘m mablag‘ ajratgani xabar qilindi.