Buvaydada bezorilik qilib, tergovdan qochib yurgan fuqaro qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida bezorilik qilib, tergovdan yashirinib yurgan qidiruvdagi shaxs ushlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Buvayda tumani Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv xodimlari 29-iyul, chorshanba kuni tergovdan yashirinib yurgan M.R.ni tuman hududida qo‘lga olgan. Fuqaro M.R. Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan.

Tuman IIB xabarda qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga xabar berishlarini so‘ragan.

Avvalroq Farg‘onada o‘g‘rilik sodir etib, qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Samarqandda o‘g‘rilik sodir etib, 3 oy davomida tergovdan qochib yurgan fuqaro hamda Toshkentda qidiruvda bo‘lgan shaxs xalqaro aeroportda qo‘lga olingani ma’lum qilingan.

Янгиликлар