Toshkentda qidiruvda bo‘lgan shaxs xalqaro aeroportda qo‘lga olindi
Toshkent shahri Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari Toshkent xalqaro aeroportida 28-iyul kuni qidiruvda bo‘lgan 42 yoshli fuqaroni qo‘lga oldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro R.G. 2018-yilda Jinoyat kodeksining 168-moddasida (Firibgarlik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgani uchun qidiruvga e’lon qilingan.
Sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llagan.
Avvalroq Buxoroda yoqtirgan yigitiga suratlarini yuborgan qizni qo‘rqitib, 3700 dollar hamda 20 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni qo‘lga kiritgan ayol ushlangani haqda xabar berilgandi.