Davlat xizmatlari agentligiga yangi direktor tayinlandi

O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 29-iyulda qabul qilingan qaroriga binoan Ulug‘bek Islomovich Muhammadiyev Davlat xizmatlari agentligi direktori etib tayinlandi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Ulug‘bek Muhammadiyev 1977-yil 23-fevralda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universiteti (Tatbiqiy matematika va huquqshunoslik yo‘nalishlari), O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (xalqaro munosabatlar yo‘nalishi)ni tamomlagan.

Ulug‘bek Muhammadaliyev mehnat faoliyatini 1999 yili-O‘zbekiston Milliy universitetining o‘quv bo‘limi inspektori vazifasidan boshlagan.

Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Muhammadiyev 2018-yil 26-avgustdan buyon O‘zbekiston Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Yuksalish” umummilliy harakatiga Bobur Bekmurodov yangi rais etib saylangandi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning sobiq matbuot kotibi Asadjon Xodjayev AOKAga direktor etib tayinlandi.

Янгиликлар