Andijonda bir kunda 81 kishida koronavirus aniqlandi
Andijon viloyatida 15-iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 kishiga oshib, 465 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi kasallanish holatlarining barchasi — 19 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytga qadar Andijonda 323 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. Hozirda 142 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Avvalroq, 15-iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, Andijonda 62 kishida koronavirus qayd etilgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15-iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 173 kishiga oshib, 14 466 nafarga yetgan. Ayni paytga qadar 8 343 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan. Hozirda 6 054 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.