Karantin boshlanganidan shu kunga qadar qancha fuqaro vatanga qaytarilgani ma’lum qilindi
Chet davlatlardagi O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan ro‘yxat shakllantirilib, O‘zbekiston fuqarolari charter reyslar orqali Respublikaga olib kelinmoqda, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kunga qadar 89 182 nafar O‘zbekiston fuqarosi respublikaga qaytarildi. Ayni vaqtda 90 mingga yaqin o‘zbekistonlik qaytish istagini bildirgan va tegishli ro‘yxatga kiritilgan.
Xususan, shundan 27 348 nafari charter reyslar, 1 245 nafari temiryo‘l qatnovlari va 60 589 nafari avtotransport orqali olib kelingan.
Eslatib o‘tamiz, 8-iyul kuni Toshkent – Seul – Toshkent, Minsk – Toshkent – Minsk yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslari amalga oshirilgan edi.