Namanganda 26 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 20-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 16 966 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Yangi kasallanish holatlarining 26 tasi Namangan viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Viloyatda infeksiyadan sog‘ayganlar soni 19-iyul holatiga ko‘ra, 384 kishini tashkil etgan.
Avvalroq Namanganda yana 22 nafar bemorda koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bemorlar soni 17 mingga yaqinlashgan bo‘lib, 9279 nafar bemor infeksiyadan sog‘aygan, 7599 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.