Namanganda “Nexia” velosipedchini urib yubordi. YTH oqibatida velosiped haydovchisi vafot etdi
Namangan viloyatida 21 yoshli haydovchi “Nexia” avtomobilida velosipedchini urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 2020-yil 22-iyul kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani hududida 1999-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lmagan “Nexia”da harakat boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida ketayotgan velosipedchini urib yuborgan.
Oqibatda 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. U shifoxonada olib borilgan muolajalarga qaramay vafot etgan.
Avvalroq Samarqandda YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani haqda xabar berilgan edi. Shuningdek, Farg‘onada mototsikl haydovchisi velosipedchini urib yuborgan.