O‘zbekiston hududidan farmatsevtika mahsulotlarini olib chiqish to‘xtatildi

Farmatsevtika mahsulotlarini O‘zbekistondan eksport qilish, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ularni olib chiqish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda maxsus komissiya qaror qildi, deya xabar beradi “Koronavirus Info” Telegram kanali.

Shu bilan birga, ayrim turdagi farmatsevtika mahsulotlarini eksport qilish faqat maxsus komissiya qarorlari asosida amalga oshiriladi. Farmatsevtika mahsulotlarini eksport qilish uchun ruxsat berish tartibi keyinroq e’lon qilinadi.

Avvalroq farmatsevtika sohasidagi korrupsiyaning oldini olish uchun yangi bot ishga tushirilgani xabar qilingan edi.

Shuningdek, O‘zbekistonda kuniga 6 million dona tibbiy niqob ishlab chiqarilayotgani ma’lum qilingan edi.

Янгиликлар