O‘zbekistonda koronavirus bemorlarining 300 nafardan ortig‘i tuzalib, sog‘ayish bo‘yicha kunlik rekord yangilandi
O‘zbekistonda 15-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, 328 nafar bemor tuzalib, sog‘ayish bo‘yicha kunlik rekord yangilandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 135 nafar, Qashqadaryo viloyatida 97 nafar, Samarqand viloyatida 49 nafar, Surxondaryo viloyatida 34 nafar, Jizzax viloyatida 9 nafar hamda Fargʻona viloyatida 4 nafar, jami 328 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib O‘zbekistonda 8655 nafar fuqaro (59 foiz) koronavirus infeksiyasidan sogʻaygan. Hozirda mamlakatda 5855 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.
Kasallanganlarning umumiy soni esa 14581 nafarga yetdi, 72 kishi virus qurboni bo‘lgan.