O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 mingga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 15 896 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining:

– 38 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida;

– 52 nafari Sirdaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;

– 98 nafari Toshkent shahrida;

– 40 nafari Andijon viloyatida;

– 20 nafari Samarqand viloyatida;

– 19 nafari Jizzax viloyatida;

– 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;

– 9 nafari Namangan viloyatida hamda 4 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda 9003 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda 6813 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 70 nafari og‘ir, 11 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Avvalroq O‘zbekistonda yana 133 nafar fuqaroda koronavirus qayd etilib, kasallanganlar soni 15 500 nafarga yaqinlashgani va xonanda Kaniza koronavirusga chalinganini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda xususiy klinikalarning koronavirusga test olishi va bemorlarni davolashiga ruxsat berilgan. Shuningdek, uyida davolanayotgan bemorlar bepul dori-darmon bilan ta’minlanishi ma‘lum qilingan.

Янгиликлар