O‘zbekistonda koronavirusni uyda davolash bo‘yicha savollarga javob beruvchi Call-markazlar ish boshladi

O‘zbekistonda koronavirusning alomatsiz shaklini uyda davolash bo‘yicha savollarga javob beruvchi Call-markazlar ish boshladi.

Foto: “Mobinfo.uz”

COVID-19 kasalligi belgilari paydo boʻlganda ushbu markazlar orqali barcha savollarga javob olish mumkin. Call-markazlar kun-u tun – uzluksiz faoliyat koʻrsatadi. Koronavirus infeksiyasining profilaktikasi, diagnostikasi, davolash va reabilitatsiyasi haqidagi maʼlumotni shu markazlardan olish mumkin.

Toshkent viloyatida tashkil etilgan Call-markazlar raqamlari:

  • Toshkent viloyati (Nurafshon shahar) — 1260
  • Oqqoʻrgʻon tumani — 1261
  • Ohangaron tumani — 1262
  • Bekobod tumani — 1263
  • Boʻstonliq tumani — 1264
  • Boʻka tumani — 1265
  • Zangiota tumani — 1266
  • Qibray tumani — 1267
  • Quyi Chirchiq tumani — 1268
  • Parkent tumani — 1269
  • Piskent tumani — 1270
  • Toshkent tumani — 1271
  • Oʻrta Chirchiq tumani — 1272
  • Chinoz tumani — 1273
  • Yuqori Chirchiq tumani — 1274
  • Yangiyoʻl tumani — 1275
  • Olmaliq shahar — 1276
  • Angren shahar — 1277
  • Ohangaron shahar — 1278
  • Bekobod shahar — 1279
  • Chirchiq shahar — 1280
  • Yangiyoʻl shahar — 1281

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 29-iyundagi bayoniga asosan 2020-yilning 5-iyulidan boshlab COVID-19 alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarning uy sharoitida davolash joriy etilgandi.

O‘zbekistonda uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda karantinga olingan shaxslarga tibbiy maslahat hamda axborot berishga qaratilgan tunu-kun uzluksiz faoliyat ko‘rsatuvchi Call-markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingandi.

Shavkat Mirziyoyev 15-iyul, chorshanba kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektorda aholidan murojaatlar soni keskin ortib borayotganini hisobga olib, Call-markazlar aloqa vositalari va operatorlari sonini kamida ikki barobarga oshirish lozimligini taʼkidlandi.

Янгиликлар