Rishtonda o‘g‘irlik qilib, tergovdan yashiringan shaxs qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyati Rishton tumanida o‘g‘irlik jinoyatini sodir etib, tergovdan yashiringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqida Farg‘ona viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 23-iyul kuni Rishton tumani jinoyat qidiruv xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandida (O‘g‘irlik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan S.D.ni qo‘lga olishdi.
Avvalroq Farg‘ona IIB viloyat postlarida tartib nega kuchaytirilganini izohlagan edi.
Shuningdek, Farg‘onada 3 ta telefon apparatini olib, pulini oxirigacha bermay ketgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilindi.