So‘xda 189 kishi koronavirus yuqtirganlikda gumonlanib, karantinga olingani ma’lum qilindi

Farg‘ona viloyati So‘x tumanida jami 189 kishi koronavirus yuqtirganlikda gumonlanib, karantinga olingan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, So‘x tumanida bugungi kunda 189 nafar fuqaro o‘z uyida karantinga olingan va tibbiyot xodimlarining nazorati ostida bo‘lib turibdi.

“Kun davomida QVP patronaj hamshiralari va mudirlari tomonidan fuqarolarni nazorat qilish ishlari olib borilmoqda. Karantindagi fuqarolar orasida tana harorati ko‘tarilishi aniqlanmadi, xodimlar kuchaytirilgan holatda ish olib borilmoqda”, — deyiladi rasmiy xabarda.

Eslati o‘tamiz, avvalroq So‘x tumanida koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida tumanning barcha mahallalari kirish joylarida blokpostlar tashkil etilgandi.

Янгиликлар