O’zbekistonda 127 nafar koronavirusga chalingan fuqaro sog‘aydi

Poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3-iyun holatiga ko‘ra, 17 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 4 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 101 nafar, Namanganda 5 nafar, jami 127 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi, deb xabar beradi SSV.

Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3747 nafar bemor sog‘aydi.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolardan 6161 nafari sog‘aygan. Kasallanganlarning 27 nafari vafot etgan

Янгиликлар