O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 9700 nafardan oshdi
O‘zbekistonda 4-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, yana 97 kishida koronavirus aniqlanib, kasallik qayd etilganlar soni 9708 nafarga yetdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining
- 6 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida;
- 58 nafari Toshkent shahrida (shundan 27 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 31 nafari aholi orasida);
- 26 nafari Toshkent viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida);
- 6 nafari Navoiy viloyatida karantindagilar orasida;
- 1 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning yana 174 nafari tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 6425 nafarga (66 foiz) yetdi. Bemorlarning 31 nafari kasallik asoratlaridan vafot etgan.