Andijonda turizm boshqarmasi binosi karantinga olingan bo‘lishi mumkin

Andijon viloyati Turizm boshqarmasi karantinga olingan bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Aytishlaricha, Andijon viloyati turizm boshqarmasi binosi karantinga olingan.

Buning sababi o‘tgan hafta turoperatorlar ishtirokida tadbir tashkil qilingan bo‘lib, unda koronovirusga chalingan turagent vakili ham ishtiirok etgan. Katta ehtimol bilan turizm boshqarmasi xodimlarida koronovirus aniqlanganligi aytilmoqda, deyiladi xabarda.

Ushbu holat yuzasidan hali rasmiy axborot berilmagan.

Bundan oldin Vazirlar mahkamasi xodimlarida koronavirus aniqlangani sababli mahkama binosi karantinga olingandi. Keyinchalik Jizzaxda shahar hokimligi binosi karantinga olingani ma’lum qilingandi.

Viloyatda umumiy koronavirusga chalinganlar soni 16-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, 496 tani tashkil etmoqda.

Янгиликлар