Farg‘onada o‘ziga tegishli bo‘lmagan uyni 7 ming dollarga sotib yuborgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona shahrida 7 ming AQSh dollariga o‘ziga tegishli bo‘lmagan xonadonni sotib yuborgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Farg‘ona shahrida 2020-yil mart oyida fuqaro A.B. tanishi M.X.ga tegishli bo‘lgan Yangi Asr ko‘chasida joylashgan xonadonni sotib yuborgan. A.B. o‘ziga tegishli bo‘lmagan uyni U.Sh.ning ishonchiga kirib, 7 000 dollar narxida sotgan. Aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni esa o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Samarqandda fuqaro afg‘onistonlik tadbirkorning salkam 300 million so‘mlik mayizini uning ruxsatisiz sotib yuborgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada fuqaroga avtomobil olib berishni va’da qilib, uni 3 500 dollarga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olingani ma‘lum qilingan.

Янгиликлар