O‘zbekistonda nafaqadagi vrach va hamshiralarning qanchasi bemorlarni davolash uchun jalb etilgani ma’lum bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-iyul, payshanba kuni videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda koronavirusni davolash strategiyasi va taktikasi yangilangani va nafaqadagi 5 ming nafar vrach hamda 9 ming hamshira bemorlarni davolash va maslahat berishga jalb etilgani ma’lum qilingan.

“Xalqaro va mahalliy tajribani hisobga olib, koronavirusni davolash strategiyasi va taktikasi yangilandi. Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va kollejlari professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar va nafaqaga chiqqan mutaxassislar orasidan jami 5 ming nafar vrach hamda 9 ming nafar hamshira bemorlarni davolash va maslahat berishga jalb etildi”, — deyiladi rasmiy xabarda.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev karantin cheklovlarini uzaytirish taklifiga rozilik bildirgan edi.

Keyinchalik koronavirusni davolash uchun qo‘shimcha 397 ta tez yordam mashinasi xarid qilingani yana 409 ta mashina joylarga yetkazilishi ma’lum qilindi.

Янгиликлар