O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov vafot etdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbek milliy akademik teatri aktyori Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqida Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Abdurayim Abduvahobov 1963-yil 8-avgust kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkentdagi teatr va rassomchilik oliygohini bitirgan.
Abdurayim Abduvahobov «Shum bola», «Suyunchi», «Muhabbat sinovalari», «18-kvadrat», «Ada emas, dada», «Firibgar», «Osiy banda», «Poyga», «Bevalar», «So‘nggi nafasimgacha», «Sevgi balki bu jannat 2», «Nazira» kabi filmlarda rol ijro etgan. Shuningdek, u «Chimildiq» spektaklidagi roli bilan ham mashhurlikka erishgan edi.