O‘zbekistonda xorijiy valyuta sotib olish hajmi 6 oy davomida 1,7 mlrd dollarga yetdi
O‘zbekistonda 2020-yilning dastlabki olti oyi davomida jismoniy shaxslar tomonidan xorijiy valyutani sotib olish hajmi 1,7 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqida Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Bu qiymat 2019-yilning shu davriga nisbatan 3 baravar, ya’ni 557 million dollarga ko‘p.
Shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasini sotish hajmi esa 2,2 milliard dollarga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 57 foizga, ya’ni 797 million dollarga ko‘p degani.
Natijada ushbu operatsiyalar bo’yicha savdo 491 million dollarni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 351 million dollarga kamaydi.
Avvalroq 200 va 500 so‘mlik banknotlarni tijorat banklarida almashtirib olish muddati uzaytirilgani haqida xabar berilgan edi.