Paxtaobodda 14 ta ko‘p qavatli turar-joy quriladi

Andijon viloyati Paxtaobod tumanining “Muazzinboy” mahallasi hududida “barak” tipidagi uylar buzilib, ularning o‘rniga ko‘p qavatli turar-joylar qurilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi viloyat hokimligi axborot xizmati.

Foto: Paxtaobod tumani hokimligi matbuot xizmati

Andijon viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i, viloyat hokimi o‘rinbosari hamda tuman hokimi yetakchiligida sektor rahbarlari, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari “Muazzinboy” mahallasi hududida bo‘lib, aholi vakillari bilan suhbatlashgan. Shuningdek, qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli uylar haqida aholiga ma’lumotlar berilgan. Ta’kidlanishicha, mavjud 14 ta “barak” uylar o‘rniga zamonaviy turar joylar bunyod etiladi.

Foto: Paxtaobod tumani hokimligi matbuot xizmati

Avvalroq Paxtaobod tumanida yashovchi 95 yoshli onaxonga nogironlar aravachasi topshirilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, viloyatda ko‘p kvartirali uylarni kapital ta’mirlashni moliyalashtirish uchun maxsus jamg‘arma tashkil etilgani ma’lum qilingandi.

Янгиликлар