Samarqandda tibbiyot xodimlarining 840 mln so‘mlik qo‘shimcha maoshlari to‘lab berilmagani ma’lum bo‘ldi

Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan ayrim tuman (shahar) sog‘liqni saqlash hamda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlarining oylik ish haqiga 6 foizlik qo‘shimcha to‘lovlar to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan

Samarqand tumani tibbiyot birlashmasi 121 nafar xodimining 151 635 700 so‘m;

Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasi 18 nafar xodimining 22 236 927 so‘m;

Toyloq tuman tibbiyot birlashmasi 28 nafar xodimining 36 311 000 so‘m;

Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi 22 nafar xodimining 22 586 600 so‘m;

Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasi 10 nafar xodimining 23 469 000 so‘m;

Jomboy tuman tibbiyot birlashmasi 39 nafar xodimining 75 638 100;

Urgut tuman tibbiyot birlashmasi 32 nafar xodimining 32 360 424 so‘m;

Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 32 nafar xodimining 32 815 577;

Payariq tuman tibbiyot birlashmasi 11 nafar xodimining 11 500 000 so‘m;

Oqdaryo tumanidagi “Ustoz” sihatgohi 7 nafar xodimining 621 000 so‘m;

Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasi 3 nafar xodimining 3 078 700 so‘m — jami 285 nafar tibbiyot xodimining 412 253 028 so‘m oylik ish haqiga qo‘shimcha 6 foiz miqdorida pul mablag‘ to‘lab berilmagan.

Shuningdek, quyidagi hududlarda Sanitariya va epidemiologiya osoyishtilik markazi tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan xodimlarga to‘lovlar to‘lab berilmagan:

Pastdarg‘om tumanida 74 nafar xodimga 64 230 200 so‘mlik;

Samarqand tumanida 59 nafar xodimga 51 289 615 so‘mlik;

Ishtixon tumanida 59 nafar xodimga 37 765 341 so‘mlik;

Jomboy tumanida 52 nafar xodimga 53 755 800 so‘mlik;

Kattaqo‘rg‘on shahrida 47 nafar xodimga 43 703 200 so‘mlik;

Paxtachi tumanida 44 nafar xodimga 47 863 000 so‘mlik;

Toyloq tumanida 42 nafar xodimga 62 961 000 so‘mlik;

Qo‘shrabot tumanida 35 nafar xodimga 35 830 000 so‘mlik;

Bulung‘ur tumanida 6 nafar xodimga 13 061 878 so‘mlik — jami bo‘lib, 408 nafar xodimga 426 516 834 so‘m oylik ish haqiga qo‘shimcha 6 foiz miqdorida pul mablag‘ to‘lab berilmagan.

Aniqlangan qonun buzilishlarni bataraf etish va kelgusida bunday qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik hamda aybdor shaxslarning javobgarligini ko‘rib chiqish maqsadida viloyat Adliya boshqarmasi, shuningdek tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan taqdimnomalar kiritilishi natijasida yuqorida keltirilgan qonunbuzilish holatlari bartaraf etilgani ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistoni Prezidentining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga davlat budjetidan har oylik ustama belgilangan.

Янгиликлар