Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayitining birinchi kunini keng nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi

Prezidentning Qurbon hayitini nishonlash bo‘yicha qarori qabul qilindi. Bu haqida O‘zbekiston musulmonlar idorasi ma’lum qildi.

Foto: “Gazeta uz”

Prezident qaroriga ko‘ra, 31-iyul, juma kuni Qurbon hayitining birinchi kuni O‘zbekistonda keng nishonlanadi. Bayram tadbirlari karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkaziladi.

Avvalroq Qurbon hayitining birinchi kuni qaysi sanaga to‘g‘ri kelishi haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, Misrdagi “Dorul Ifto” fatvo hay’ati tomonidan hijriy 1441-yil Zulhijja oyining birinchi kuni milodiy yil hisobi bo‘yicha 2020-yil 22-iyul kuniga to‘g‘ri kelayotgani e’lon qilingan.

Янгиликлар