Shuhrat Abdurahmonov koronavirus masalasida Andijon ahliga murojaat qilib, ijtimoiy tarmoqlarda kelgan savollarga javob berdi
O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘iga asosan Shuhrat Abdurahmonov aholiga murojaat qilib, ijtimoiy tarmoqlarda kelgan savol va murojaatlarga javob berdi. Bu haqda Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-iyul kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan.
Mazkur videoselektorda Prezident viloyatlar, shahar va tuman hokimlariga koronavirus infeksiyasining oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni belgilab berdi. Viloyat, shahar va tuman hokimlari aholiga karantin talablarini bajarishlari muhimligini aytib, ijtimoiy tarmoqlardagi savol va murojaatlarga shaxsan o‘zi javob berishi kerakligini ta’kidlagan.
Avvalroq Andijonda ehtiyojmand hamda tadbirkorlikka ishtiyoqi baland maktab bitiruvchilariga 20 mingta jo‘ja tarqatilishi, Andijon viloyati shifokorlarining koronavirusga qarshi tashabbus bilan chiqqani, viloyatda turizm boshqarmasi binosi karantinga olingan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.