Toshkent shahrida aholi orasida yana 75 kishida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda 13-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 167 kishiga oshib, 13 360 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi kasallanish holatlarining 83 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 75 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari esa Navoiy viloyatida aholi orasida aniqlangan.
Ayni paytga qadar O‘zbekistonda 7 852 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 62 nafar bemor vafot etgan.
Hozirda 5 446 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Avvalroq Uchtepa tumanida yashovchi 65 yoshli ayol koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgandi.