AQSh O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligiga munosabat bildirdi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Jonatan Xenik AQSh YeOIIning a’zosi emasligi sababli O‘zbekistonning muzokaralarini izohlay olmasligini bildirdi.

“Bilganim shuki, ushbu masala O‘zbekiston aholisini juda o‘ylantirmoqda. Biz O‘zbekiston fuqarolarining dunyo bozorlari va investitsiyalaridan foydalanishga intilishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Umid qilamizki, O‘zbekiston barcha mavjud mahalliy blok va savdo aloqalarini hamda Jahon savdo tashkilotiga a’zolik masalasini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqadi. Qaysi biri foydali ekanligidan kelib chiqib, tanlovni amalga oshiradi”, deydi amerikalik diplomat.

Avvalroq O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi sifatida qo‘shilishni ma‘qullagandi.

Янгиликлар