Buxoroda 29 ta loyiha uchun 189,5 mlrd so‘m ajratilgan

Foto: Buxoro viloyat hokimligi

Buxoro viloyati hokimligi va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida hududda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirib, sohaga xorijiy investorlarni jalb qilib kelmoqda, deb xabar beradi viloyat hokimligi axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda 2019-yilda qiymati 189,5 mlrd so‘mlik 29 ta loyiha ishga tushirilgan bo‘lib, 585 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Shuningdek, o‘tgan yilda 637 ta korxona tomonidan 775,3 mlrd so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarildi.

Avvalroq Buxoro viloyatida sayyohlik mavsumi boshlangani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар