Qashqadaryoda koronavirusga chalingan bemorlarning 45 nafari sogʻaydi

Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasiga chalingan bir yoʻla 45 nafar bemor sogʻayib, 2-iyul kuni oʻz uyiga kuzatildi.

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytgacha Qashqadaryo viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 119 nafar bemor sogʻaydi.

Hozirda O‘zbekiston boʻylab ushbu kasallikdan sogʻayganlar soni 5892 nafarni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 8996 nafarga yetdi. Epidemiyasi boshlanganidan beri jami 27 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Янгиликлар