Andijon viloyati hokimi yangi investitsiyalar aholini ish bilan ta’minlash jihatidan muhimligini ta’kidladi

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov 2-iyul kuni Paxtaobod tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyat hokimi tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar tumanning mavjud infratuzilmasidan samarali foydalangan holda bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarish, aholini ish bilan ta’minlash jihatidan muhimligini ta’kidlab, ularni tezroq ishga tushirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda viloyatda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari ishlab chiqarish sifatini oshirish bilan birga ko‘plab ish o‘rinlari yaratilishi asosiy mezon sifatida belgilab olingan.

Oldinroq Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida “Ishga marhamat” mono-markazi qurilishi boshlangani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар