AQShda koronavirus yuqtirish bo‘yicha dunyo rekordi qayd etildi. Bir kunda 55 ming kishi kasallandi

Foto: “Reuters.com”

AQShda so‘nggi bir sutka davomida 55 274 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi, deya xabar bermoqda Reuters. Bu dunyoda pandemiya boshlanganidan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi ikki hafta ichida AQShning 37 ta shtatida kasallanish darajasi o‘sgan.

Bir kunda kasallikka chalinish bo‘yicha oldingi rekord Braziliyada qayd etilgandi. Mamlakatda 19-iyun kuni 54 771 bemor ro‘yxatga olingan.

Iyun oyining ikkinchi yarmida AQShda kasallanish darajasi keskin o‘sishni boshladi. Bunga qadar, bir necha hafta davomida mamlakatda kuniga 20 mingga yaqin holat qayd etilgan.

Ayni paytda AQSh koronavirus infeksiyasini yuqtirish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Mamlakatda 2,8 million bemor qayd etilgan, ularning 130 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Янгиликлар