Buxoroning ayrim hududlarida elektr ta’minotidan uzilishlar bo‘lishi ma’lum qilindi

Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan elektr qurilmalarida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun, 3-iyul kuni ayrim hududlarda elektr ta’minotidan uzilishlar bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro shahridagi «Sherbudin», “Gulchorbog‘” MFY, “Sharq-1” mavzesi hamda Kogon tuman Geofiziklar qo‘rg‘oni hududlarida elektr energiyasi ta’minotida soat 6:00dan 14:00ga qadar vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.

Янгиликлар