Ҳудудсиз давом этиш

Namanganda to‘rt egizak tug‘ildi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Namangan viloyati Pop tumanida yashovchi Madina Ikramova 4 nafar egizakni dunyoga keltirdi. Bu haqda SSV xabar beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1-bola 902 gramm, 2-bola 1360 gramm, 3-bola 1701 gramm, 4-bola esa 1400 gramm vazn bilan tug‘ilgan.

“Onaga tug‘ruq jarayoniga qadar zamonaviy perinatal texnologiyalar bo‘yicha barcha zamonaviy yordam ko‘rsatildi. Bolalarni sog‘-salomat ona qo‘liga topshirish maqsadida tajribali shifokorlarimiz bilan tug‘ruq rejasini tuzib oldik. Tug‘ruq jarayoni uchun barcha zarur hozirlik ko‘rildi. Har bir bolaga to‘liq tibbiy yordam o‘rsatish uchun alohida mutaxassislar va apparatlar tayyorlandi. Natijada murakkab amaliyot samarali yakuniga yetkazildi”,— deydi viloyat perinatal marazi direktori Iroda Muhitdinova.
Ayni paytda onaning ham, chaqaloqlarning ham ahvoli yaxshi bo‘lib, markaz shifokorlari nazoratida tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

Avvalroq Samarqandda tug‘ilgan siam egizaklaridan oilasi voz kechgani haqida xabar berilgan edi.