O‘zbekistonda koronavirusdan 28-o‘lim qayd etildi

 

Toshkent shahrida yashovchi 59 yoshli Gʻ.B. joriy yil 2-iyul kuni o‘ta og‘ir holatda poytaxtdagi I.Irgashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan va sun’iy nafas berish apparatiga ulangan. Bu haqida SSV xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, unga “Yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi, infarktdan keyingi kardioskleroz, ikki tomonlama pnevmoniya” tashxisi qo‘yilgan.

Shuningdek, bemorda shu kuni koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan. Bemor oxirgi 7 yil davomida yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan. Doimiy gemodializ muolajasini olib turgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolardan 6161 nafari sog’aygan. Vafot etganlar soni 28 nafarni tashkil etmoqda.

Янгиликлар