O‘zbekistonda yana 127 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 3-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9326 nafarga yetdi, deb xabar beradi SSV.

Yangi kasallanish holatlarining 93 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 31 nafari Toshkent shahrida shundan, 18 nafari aholi orasida, 4 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonda 3137 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 16 nafari og‘ir, 8 nafari o‘ta og‘ir ahvolda. Sog‘ayganlar 6161 nafarni tashkil etadi.

Янгиликлар