“O‘zgidromet” 3-iyul kuni Namanganda qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi
Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi 3-iyul, juma kuni Namangan viloyatida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Foto: Andrey Kudryashov
Unga ko‘ra, viloyatda havo biroz bulutli boʻladi. Baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.