Qarshi shahriga kirish-chiqish qat’iy nazoratga olinadi

Qarshi shahriga kirish-chiqish jiddiy nazoratga olinadi, deb xabar beradi Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Ushbu cheklov Viloyat maxsus komisiyasi qarori asosida amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, faoliyati to‘xtatilgan ayrim nazorat maskanlari qayta tiklanadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytga qadar Qashqadaryo viloyatida 201 nafar fuqaroda koronavirus qayd etilgan bo‘lib, hozirgacha ularning 119 nafari tuzalgan. 2 kishi kasallikdan vafot etgan.

Янгиликлар