Rossiyadan O‘zbekistonga 4-iyul kuni tashkil etiladigan charter reyslar tartibi ma’lum qilindi

Ertaga, 4-iyul kuni Toshkent – Yekaterinburg – Toshkent
Toshkent – Moskva – Tashkent yo‘nalishi bo‘yicha, charter reyslar amalga oshiriladi, deb xabar berdi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Ma’lum qilinishicha, parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro‘yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi. Ro‘yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo‘yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo‘ladi.

Avvalroq O‘zbekistonga chet eldan kirib kelgan fuqarolar o‘z xohishlariga ko‘ra pullik mehmonxonalarda karantinga olinishi mumkinligi xabar qilingan edi.